Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 20:24
view 572
"MOHIR QO‘LLAR" LOYIHASI NATIJA BERA BOSHLADI

Kuni kecha Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Nukus shahrida yashovchi 18 yoshli 2-guruh nogironi Sultonbek Allanazarovga sartaroshlik bilan shug‘ullanishi uchun zarur asbob-uskunalar topshirilgan edi.

Sultonbek bu muruvvatdan mamnun bo‘lib, allaqachon ishga kirishib ketdi. Endi u uy sharoitida mahalladoshlariga xizmat ko‘rsatib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib keladi.

Fond ushbu ezgu tashabbusi bilan yana bir ehtiyojmand oila farzandini doimiy ish bilan band qildi.

Saxovat tadbirlari davom etmoqda.