Xabaringiz bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “Mohir qo‘llar” loyihasini amalga oshirmoqda.
Nukuslik 18 yoshli Sultonbek “Monomarkaz”da sartaroshlik kasbini mukammal egalladi. Endi uni ishlab, oilasiga nafi tegishi uchun zarur asbob-uskunalar sotib olinib, xayriya sifatida taqdim qilindi.
Endilikda Sultonbek sartaroshlik bilan shug‘ullanib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kelishi mumkin.
Aksiya davom etmoqda.