Yangiliklar
calendar 09.11.2024 | 00:52
view 667
“MOHIR QO‘LLAR” LOYIHASI DOIRASIDA ZARUR ASBOB-USKUNALAR O‘Z EGALARIGA YETKAZILMOQDA

Xabaringiz bor, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “Mohir qo‘llar” loyihasini amalga oshirmoqda.

Bunda 32 nafar 16-18 yoshli nogironligi bo‘lgan bolalar “Monomarkaz” da qiziqishlaridan kelib chiqib, kasb-hunarga o‘rgatilib, endilikda uy sharoitida o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun zarur asbob-uskunalar sotib olinib, ularga taqdim qilinmoqda.

Xuddi shunday xayriya karvoni Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan ikki nafar nogironligi bor qizlarga tikuv mashinalari to‘plamini topshirdi. 

Endilikda bu qizlar uy sharoitida tikuvchilik ishlari bilan shug‘ullanib, oilalariga qo‘shimcha daromad olib kelishlari mumkin.

Aksiya Surxondaryo viloyatida ham davom etadi.