Yangiliklar
MUBORAK OYDA EHTIYOJMAND OILA FARZANDLARI HOLIDAN XABAR OLINADI
Ro‘zai Ramazon ezgulik va xayr-ehson ulashiladigan oydir!
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan nafaqat ushbu oyda, balki muntazam ravishda ehtiyojmand oila farzandlari, chin yetimlar va nogironligi bo‘lgan bolalarga mehr-muruvvat va xayriya yordami ko‘rsatib kelinmoqda.
Respublika bo‘ylab og‘ir tashxisli bemor bolajonlar holidan xabar olish maqsadida, ularga oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan bir necha turdagi mahsulotlar to‘plami xayriya yordami sifatida tayyorlanmoqda.
Xayrli ishlar davom etmoqda...