Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 18:03
view 459
MUBORAK OYDA EHTIYoJMAND OILA FARZANDLARI HOLIDAN XABAR OLINMOQDA

Ro‘zai Ramazon ezgulik va xayr-ehson ulashiladigan oydir!

 Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan nafaqat ushbu oyda, balki muntazam ravishda ehtiyojmand oila farzandlari, chin yetimlar va nogironligi bo‘lgan bolalarga mehr-muruvvat va xayriya yordami ko‘rsatib kelinmoqda. 

Respublika bo‘ylab og‘ir tashxisli bemor bolajonlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan bir necha turdagi mahsulotlar to‘plami xayriya yordami sifatida topshirildi. 

Har bir oilaga Jamoat fondi ijrochi direktori M.Sadikov boshchiligida tashrif buyurilib, nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar holidan xabar olindi. Shu joyning o‘zida ularni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davolash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ota-onalarning og‘ir dardlariga darmon bo‘lishib, ularning ruhiyatini ko‘tarishga harakat qildilar. Jamg‘arma tomonidan davolanish va operatsiya amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha imkoniyatlar mavjudligi tushuntirildi.

Xayrli ishlar davom etmoqda...