Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 12:35
view 614
MUSTAFONING SOG‘LIGI VA UMIDI YANGILANDI

✅Baxtiyorov Mustafoga qorin bo‘shligi va qorin orti a’zolarida mezoteliya kistoz hosilalari tashxisi qo‘yilgan edi. Bu murakkab holatni davolash uchun u Turkiyada davolanib qaytdi.

➡️Bugun Mustafoning sog‘ligi ancha yaxshilangan, noqulaylik va og‘riqlar kamaygan. U endi kundalik hayotini yangi kuch va umid bilan davom ettirmoqda.

➡️Uning onasi ko‘zlarida yosh bilan, Prezidentga va Jamoat fondi rahbariyatiga samimiy minnatdorligini bildirdi, buning uchun so‘z yetarli emasligini ta’kidladi.

➡️Barcha davolanish xarajatlari Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.

                                                      Batafsil videoda tomosha qiling