Nabiram tezroq oyoqqa turib ketishiga ishonchim ortdi. Bizga yordam bergan Prezidentimizga, poytaxtdan kelgan shifokorlarga, Bolalar fondiga alohida minnatdorchilik bildiraman, - deydi Sarvarjonning buvijonisi biz bilan suhbatda.
Bunday minnatdorchilik so'zlarini koʻplab keltirish mumkin. Ushbu aksiyada 80 dan ortiq bolajonlarga turli darajada operatsiya amaliyotlari bajarildi.
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining bu kabi ezgu ishlari bardavom boʻladi.