Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 17:56
view 1009
Namangan viloyatida “Ezgulik manzili” tibbiy aksiyasi boshlandi

“Bolalarni qo‘llab-quvvatlash” jamoat fondi tashabbusi bilan, Namangan viloyatining olis hududlarida yashovchi, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun “Ezgulik manzili” nomli tibbiy xayriya aksiyasi boshlandi.

Mazkur tadbir doirasida Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinikasi yetakchi shifokorlari viloyatga tashrif buyurib, bolalarga bepul tibbiy ko‘rik va maslahatlar o‘tkazmoqdalar. Aksiya nafaqat sog‘liqni saqlashga xizmat qiladi, balki bolalarning sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

🟢Ushbu tashabbus ijtimoiy tenglikni ta’minlash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish hamda uzoq hududlarda yashovchi aholi uchun sifatli tibbiy xizmatni yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.