Yangiliklar
NAMANGANDA “SOG‘LOM KELAJAK” AKSIYASI: 100 GA YAQIN BOLA TURKIYALIK SHIFOKORLAR KO‘RIGIDAN O‘TDI
🩺Bugun ertalabdan Namangan viloyatida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Sog‘lom kelajak” xayriya aksiyasi doirasida bepul tibbiy ko‘riklar boshlandi.
➡️Tush vaqtiga qadar 100 ga yaqin bemor bola Turkiyadan tashrif buyurgan malakali plastik xirurg va umumiy xirurgiya yo‘nalishidagi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi.
➡️Har bir bolaning holati individual o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi hamda keyingi davolash va jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji mavjud bolalar saralab olindi.
➡️Ota-onalar farzandlari uchun yaratilgan bunday imkoniyatdan mamnun bo‘lib, davlatimiz rahbariga hamda ushbu ezgu tashabbus tashkilotchilariga minnatdorlik bildirmoqda.
➡️“Sog‘lom kelajak” — har bir bola uchun mehr, malakali tibbiy yordam va yangi umid.