Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 16:48
view 712
NILUFAR TURKIYADA MUVAFFAQIYATLI OPERATSIYA QILINDI

➡️18 yoshli Nilufar Xudoynazarovaga “Umurtqa pog‘onasining tug‘ma rivojlanish anomaliyasi. Umurtqa pog‘onasining ko‘krak-bel sohasi IV-darajali tug‘ma skoliozi. VTh XII – VLI oralig‘ida qo‘shimcha yarim umurtqa mavjudligi” tashxisi qo‘yilgan edi. Shu murakkab tashxis sababli u Turkiyaning nufuzli klinikasida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.

➡️Fond mutaxassislari Turkiyaga borib, Nilufarning ahvolidan xabar olishdi, uning salomatlikdagi o‘zgarishlarini o‘rgandilar va maxsus videotasvir tayyorladilar.

➡️Videoda ko‘rganingizdek, Nilufarning qomati tiklanib, u bemalol to‘g‘ri o‘tirayotgani barchamizni quvontirdi. Nilufar va uning onasining shodligiga chek yo‘q. U endi tengdoshlari qatori qomatini tik tutib yurish baxtiga muyassar bo‘lganidan behad mamnun.

➡️Ular Prezidentimizga va Jamoat fondiga ko‘rsatilgan yuksak yordam va e’tibor uchun alohida minnatdorchilik bildirdilar.

➡️Eslatib o‘tamiz, operatsiya va barcha xarajatlar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.

➡️Nilufar operatsiyadan keyingi reabilitatsiya jarayonini O‘zbekistonga qaytib, mahalliy shifokorlar nazoratida davom ettiradi.