Yangiliklar
calendar 08.09.2024 | 09:59
view 363
“Oʻz qo’llarimiz bilan yaratamiz” ijodiy tanlovi boshlanadi.

AZIZ DO’STLAR!

2024-yil 1-fevraldan 1-martgacha “Oʻz qo’llarimiz bilan yaratamiz” ijodiy tanlovi boshlanadi.

Bu tanlov nafaqat bemor bolalar yoki imkoniyati cheklangan bolalarning oila a'zolarini, yaqinlari, aka-uka va opa-singillarini, balki ularning ota-onalarini ham bir maqsad sari birlashtiradi!
Shu boisdan, ochiq tanlovda butun oilangiz bilan ishtirok eting va o'z yo'nalsihlaringiz bo'yicha g'olib bo'ling!

Nominatsiyalar (asosiy):
• “Mening tasavvurim (fantaziyam)”
• “Maktabdagi orzular”
• “Men kelajakni chizaman”
•  "Men va mening do stlarim"
• "Men va mening oilam"

Aka-uka, opa-singillar va ota-onalar uchun “Sen bizga keraksan!” maxsus nominatsiyasini ham e’lon qilamiz.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari planshet, fotoapparat, telefon va boshqa qimmatbaho sovg’alar, diplom hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.
Har bir nominatsiya bo'yicha ishlar Hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.

Tanlov natijalari 2024-yil mart oyida e'lon qilinadi. 

Ijodiy ishlarning original nusxasini Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga pochta orqali yuboring.

Pochta manzili:  100000, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashxadiy kochasi, 197-uy. Мурожаат учун: +998 97 879-55-51

ESLATMA: Yuborilgan ijodiy ishlar o’z egalariga qaytarilmaydi. Tashkilotchi o'z xohishiga ko'ra, aksiyani o'tkazish davomida ushbu ijodiy ishlardan foydalanishga haqli. 

UNUTMANG: Siz tomoningizdan yaratilgan ijodiy ishlardan kelib tushgan mablag’lar qanchada-qancha bemor bolajonlar hayotini saqlab qolishga yordam beradi va bunga sizning ham hissangiz qo’shiladi.