Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 21:40
view 590
O‘ZBEK SHIFOKORLARI TURKIYALIK HAMKASBLARI BILAN TAJRIBA ALMASHMOQDALAR

Avval xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi shifokorlari Turkiyaning "Adjibadem" klinikasida tajriba almashmoqdalar.

Shu bilan birga bu yerda hozirda  4 nafar bemor bolada ilik ko‘chirish amaliyotlari bajarilmoqda. 

O‘zbek shifokorlari ushbu klinikadagi shart-sharoitlar, reanimasiya bo‘limi va operatsiya amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha klinika professori Gulyuz Oztyurk bilan muzokara olib bordilar.

Gulyuz Oztyurk Turkiyaning bolalar suyuk iligi transplantasiyasi, gematologik va onkologik kasalliklarni davolash bo‘yicha yuqori tajribaga ega bo‘lib, mazkur yo‘nalishda 30 dan ortiq ishlarning muallifi hisoblanadi.

Professor bilan  hozirda davolanayotgan bolalarni operatsiyadan keyingi parvarishi, jumladan ikki mamlakat shifokorlari tajriba almashishlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etish yuzasidan ham fikr-mulohaza, takliflar bildirildi.