Kun tartibidan tayanch-harakat a'zolari jarohatlari va kasalliklarining oldini olish, tashxislash hamda davolash, osteosintez muolajasining eng yangi usullari, yirik bo‘g‘imlar artroskopiyasi va endoprotezlash operatsiyalari, umurtqa jarrohligi, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi masalalari hamda osteoporoz muammolariga bag‘ishlangan qator ma'ruzalar o‘rin oldi.
Jumladan, unda Respublika bolalar ortopediya markazi bosh shifokori A.Tilyakov taqdimot qildi. Ta'kidlandiki, amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida yurtdoshlarimizning tayanch-harakat tizimi xastaliklari muolajasi uchun xorijiy mamlakatlarga borishiga hojat qolmadi. S'ezdda ana shu yutuqlar nafaqat yurtimiz vakillari, balki xorijlik qatnashchilar tomonidan ham e'tirof etildi.
Anjumanda bolalarda tug‘ma maymoqlikni Ponseti usulida davolash mavzusida simpozium va skolioz kasalligini yangi jarrohlik texnologiyalari orqali muolaja qilishga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi.
Markaz direktori A.Tilyakov ta'kidlaganidek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan markazga O‘zbekistonda ilk bor “Fassier Duval” teleskopik tuzilmalar hamda fiksatorlarni jarrohlik yo‘li bilan o‘rnatish uchun maxsus jarrohlik asboblari beg‘araz yordam sifatida berilgani alohida ta'kidlandi va uning ahamiyati tushuntirib berildi.