Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 21:03
view 536
ODILJONGA QORBOBO NOUTBUK SOVG‘A QILDI

Avval xabar qilganimizdek, "Qorboboga xat" loyihasi doirasida bizga maktub yo‘llagan bir guruh bolajonlarimiz orasida Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi, 2017-yilda tug‘ilgan Odiljon Murotov ham bor.

Hozirda "Goshe kasalligi" bilan davolanayotgan Odiljon kelajakda IT-texnologiyalari bo‘yicha dasturchi bo‘lishni niyat qilgan va bu orzularini amalga oshirish uchun Qorboboga noutbuk sovg‘a qilishini so‘rab maktub yo‘llagan edi.

Bu javobsiz qolmadi. Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan unga noutbuk sovg‘a qilindi.

Odiljon bundan juda mamnunligini va yaxshi baholarga o‘qib, IT-muhandis bo‘lishga so‘z berdi.

Bugun yana bir bolajonning kayfiyatini ko‘tarishga erishdik.

Aziz yurtdoshim!!! Siz ham o‘zi muruvvatingiz bilan shu kabi sovg‘alar ulashish niyatida bo‘lsangiz, unda biz bilan bog‘laning!!! Bolajonlarni birgalikda xursand qilamiz!!!

Murojaat uchun: +998978795551