Yangiliklar
Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi muassisligidagi Bolalarni qo‘llab-quvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi N. Muxtorova olib bordi.
O‘tkazilgan Vasiylik kengashi muhokamasiga 3 ta masala kiritilgan bo‘lib, ularning har biri atroflicha Kengash a'zolari tomonidan muhokama qilindi. Xususan, Jamoat fondiga joriy yil yanvar-iyun oyida kelib tushgan murojaatlar, xususan kasallikka chalingan bemor bolalar ro‘yxati, zarur dori vositalari, boshqa vositalar va moddiy yordamlar yuzasidan chora-tadbirlar qiymati hamda uni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Xususan, 11 nafar bolani ijtimoiy yordamga muhtojligi va kechiktirib bo‘lmaydigan darajadagi holati inobatga olinib, ularni xorijda davolash bo'yicha xulosa berildi.