Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 15:03
view 690
ONANING MUROJAATLARI JAVOBSIZ QOLMADI. UNING FARZANDIGA “OKTAGAM” DORI VOSITASI XAYRIYA QILINDI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi navbatdagi murojaatni javobsiz qoldirmadi.  Qashqadaryo viloyati Koson tumanida istiqomat qiluvchi Sveta Shoimova 2008 yilda tug‘ilgan farzandi Gulsanam Sayfullaeva “Devika sindromi” tashhisi bilan davolanayotgani va uning salomatligini tiklash maqsadida “OKTAGAM” dori vositasi zarurligini so‘rab murojaat qildi. 

Bu demielinizasiya qiluvchi kasallik bo‘lib, ko‘rish nervi va orqa miyaning selektiv shikastlanishi bilan tavsiflanadi yoki tibbiyot tilida optikomielit  (Devika sindromi) deb ataladi. 

Bilamizki, mazkur xastalikni davolash juda qimmat hisoblanib, dorilarni xarid qilishga oilaning moddiy ahvoli yetmaydi. 

Murojaat o‘rganilib, Fond tomonidan bemorga 7 dona “OKTAGAM” dori vositasi xayriya sifatida topshirildi.