Ushbu haftalikka Rossiyalik mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, ular 3 kun mobaynida orfan kasalligiga chalinish ehtimoli bo‘lgan bolalarni erta tashxislash bo‘yicha tibbiy ko‘rik o‘tkazadilar hamda kasallikning tibbiy-genetik xususiyatlari haqida hududlardagi mutaxassislar uchun mahorat darslari ham bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar
22.12.2024
|
12:07
514
“ORFAN KARVONI” HAFTALIGI ROSSIYaLIK MUTAXASSISLAR IShTIROKIDA BOShLANDI bu safar bu aksiya vodiy viloyatlari bo‘ylab o‘tkazilmoqda
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan respublika bo‘ylab kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy genetik kasalliklarga chalingan bolalarni aniqlash va ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda mahalliy shifokorlarni ushbu yo‘nalishda malakasini oshirish maqsadida joriy yilning 18 dekabr' kuni Namangan viloyatida, 19 dekabr' - Andijon viloyati va 20 dekabr' kuni Farg‘ona viloyatida “Orfan karvoni” haftaligi o‘tkaziladi.