Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 17:46
view 1067
Orfan kasalliklarini davolashda “ASTRA ZENECA” kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahridagi “Holiday Inn” mehmonxonasida “Orfan kasalliklarini davolash va profilaktika qilishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Unda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi rahbariyati ham ishtirok etib, xorij kompaniyalariga O‘zbekistonda orfan kasalliklarini davolash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, to‘plangan tajriba va qilinishi lozim bo‘lgan rejalar xususida ma'lumot berdi.

Astra Zeneca — dunyodagi yetakchi biofarmatsevtik kompaniyalardan biri bo‘lib, 1999 yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlariga orfan kasalliklarini davolash uchun dori preparatlari ishlab chiqarish kiritilgan.  Kompaniya asosan avtoimmun va nevropatik og‘riqqa qarshi dorilar orqali bu sohada katta tajribaga ega bo‘lib bormoqda. Shuningdek, ular tomonidan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiluvchi zamonaviy terapevtik yechimlar ham taklif qilinadi.

Fond rahbariyati Astra Zeneca kompaniyasi vakillari A.Teteryuk, I.Litus bilan O‘zbekistonda orfan kasalliklari bo‘yicha ro‘yxatda turgan bemor bolalarga dori vositalarini o‘z vaqtida yetqazib berish, ularning hayot sifatini ta'minlash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kasallikni aniqlash boʻyicha shifokorlarni oʻqitish masalalari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashdilar.

Kompaniya vakillari ham o‘z navbatida Jamoat fondi bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha takliflarini bildirib, o‘zaro kelishib oldilar.