🫥Assalomu alaykum, muhtaram Prezidentimiz va qadrli Fond jamoasi!
Men, 14 yoshli Shahzodaning otasi, sizlarga qalbimdagi cheksiz minnatdorlik va samimiy ehtiromimni izhor etish uchun ushbu satrlarni yozmoqdaman.
🫥Qizim Shahzoda Osteosarkoma kabi og‘ir kasallik bilan kurashib, murakkab davolanish jarayonini boshdan kechirdi. U ko‘plab kimyoterapiya muolajalarini oldi, og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va o‘ng oyog‘iga modulli protez o‘rnatildi. Bu sinovlar oilamiz uchun nihoyatda og‘ir kechdi. Har bir kunimiz qizimizning sog‘ayishiga bo‘lgan umid va uning kelajagi uchun qilingan duolar bilan o‘tdi.
🫥Ana shunday murakkab damlarda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi qizimning operatsiyasi, zarur tibbiy tekshiruvlari va davolanishi uchun moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi. Biz uchun bu shunchaki moddiy yordam emas — umidimizni mustahkamlagan, qalbimizga kuch va dalda bergan katta ko‘mak bo‘ldi.
🫥Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga, shuningdek, Fond rahbariyati va barcha xodimlariga bolalar taqdiriga befarq bo‘lmay, insonparvarlik va mehr-oqibat ko‘rsatib kelayotganingiz uchun ota sifatida chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
🫥Bugungi eng katta orzuim — qizim Shahzodaning to‘liq sog‘ayib, yana bemalol yurishi, ta’lim olishi va baxtli hayot kechirishidir. Inshaalloh, qizim sog‘ayib ketgan kunlarda men ham Fond orqali davolanishga muhtoj boshqa bolalarga imkonim darajasida yordam berishni niyat qildim. Chunki yaxshilikning qadrini unga eng muhtoj bo‘lgan qalb chuqurroq his qiladi.
🫥Alloh qizimga va barcha bemor bolalarga shifoyi komil bersin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilalaringizga baxt-saodat, ezgu va savobli ishlaringizga baraka tilayman.
🫥Sizlarga ota qalbimdan chiqqan eng samimiy minnatdorligimni bildiraman. Qilgan yaxshiliklaringiz o‘zingizga ko‘p karra qaytsin!
➡️Chuqur hurmat va minnatdorlik bilan,
Isakov Jamshid Oybekovich
Xayriya qilish⬇️⬇️⬇️
Yangiliklar
OTA QALBIDAN CHIQQAN SAMIMIY MINNATDORCHILIK
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga,
Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi rahbariyati va jamoasiga
🔃SAMIMIY MINNATDORCHILIK XATI