Yangiliklar
calendar 19.09.2024 | 16:54
view 390
Ozarbayjonning "Haydar Aliyev Fondi" bilan hamkorlik oʻrnatiladi

Bugun Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori Marat Sadikov Ozarbayjonning nufuzli fondlaridan biri hisoblangan "Haydar Aliyev Fondi" xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Sulton Mamedov bilan Zoom platformasi orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Bilamizki, mazkur Fond nafaqat Ozarbayjon va turkiy mamlakatlar, balki butundunyoda oʻz nufuzi va obroʻyiga ega jamgʻarma hisoblanadi. Hozirda 300 ga yaqin tashkilot va kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, mamlakatning turli jabhalaridagi muammolarning yechimi va yoʻnalishlarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

2004-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Haydar Aliyev Fondi yangi jamiyat qurilishida faol ishtirok etib, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, fan va texnologiya, ekologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda turli loyihalarni amalga oshirish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oʻz hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bugungi uchrashuvda ham Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi bilan hamkorlikda ijtimoiy, tibbiy va taʼlim dasturlarini amalga oshirishda Haydar Aliyev Fondi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish amaliy natija berishi alohida taʼkidlandi.