Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 09:47
view 364
PANEL SESSIYALAR: ORFAN KASALLIGI BO'YICHA TAJRIBA ALMASHILDI

Bugun kunning ikkinchi yarmida Xalqaro ekspertlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida kam uchraydigan noyob kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlab Birinchi Milliy konferensiya”ning panel sessiyalari bo'lib o'tdi.

Unda mazkur xastaliklarning jahon tibbiyotidagi yondashuvlari, tendensiyalari, o‘ziga xos davolash usullari, murakkab amaliyotlarda qo‘llaniladigan noyob tajribalari xususida fikr almashildi. 

Bu borada O‘zbekiston tibbiyotida ham mazkur xalqaro tajribalarni keng ommalashtirish, kasallikni o‘z vaqtida davolash choralarini ko‘rish yuzasidan bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Xorijlik mutaxassislar tomonidan mavzu doirasida ma'ruza va taqdimotlar qilindi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda olib borilgan izlanishlar va ularning natijalari keng tahlil qilindi.