Bugun kunning ikkinchi yarmida Xalqaro ekspertlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida kam uchraydigan noyob kasalliklar profilaktikasiga bag‘ishlab Ikkinchi Milliy konferensiya”ning panel sessiyalari bo'lib o'tdi.
➡️Unda mazkur xastaliklarning jahon tibbiyotidagi yondashuvlari, tendensiyalari, o‘ziga xos davolash usullari, murakkab amaliyotlarda qo‘llaniladigan noyob tajribalari xususida fikr almashildi.
➡️Bu borada O‘zbekiston tibbiyotida ham mazkur xalqaro tajribalarni keng ommalashtirish, kasallikni o‘z vaqtida davolash choralarini ko‘rish yuzasidan bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi.
➡️Xorijlik mutaxassislar tomonidan mavzu doirasida ma'ruza va taqdimotlar qilindi. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda olib borilgan izlanishlar va ularning natijalari keng tahlil qilindi.






