Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 16:24
view 370
“QIZIM CHIROYLI QOMATGA EGA BO’LDI”

Rayhona Hamidullayeva 9 yoshda. Unga “Umurtqa  pog‘onasi  ko‘krak-bel sohasi IV-darajali skolioz, o‘ng tomonlama qovurg‘a bukrligi” tashxisi qo’yilgan edi.

– Mamlakatimizda og‘ir xastalikka chalingan bolalarga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor turli jamg‘armalar faoliyat yuritayotgani juda quvonarli. Shulardan biri, “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi”dir. 

Ushbu jamg'arma o'z faoliyati davomida juda ko'p og'ir kasalliklarga chalingan bolalarga yordam berishga muvaffaq bo'ldi, ular orasida mening qizim ham bor. Jamg'arma tufayli u xorijda eng murakkab, qimmat operatsiyani boshidan kechirdi. Shu munosabat bilan biz ushbu jamg'arma rahbariyati va xodimlariga farzandimiz salomatligiga g'amxo'rlik va hurmat bilan munosabatda bo'lgan barchaga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz, - deydi Rayhonaning onasi o'z maktubida.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Rayhonaxon ham Turkiyaning nufuzli klinikasida operatsiya qilindi.

Suratda ko‘rganingizdek, bolaning salomatligida katta o‘zgarishlar bor. Endi u ham tengdoshlari qatori qomatini tik tutib, chiroyli yurish baxtiga erishdi.

Ta'kidlash lozimki, barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.