Yangiliklar
calendar 30.06.2026 | 17:54
view 11
Qoraqalpog‘istonda turkiyalik shifokorlar ishtirokidagi murakkab operatsiyalarining birinchi kuni yakunlandi

➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida murakkab operatsiya amaliyotlari davom etmoqda.

➡️Eslatib o‘tamiz, bundan bir oy avval Turkiyadan tashrif buyurgan malakali shifokorlar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasida 300 nafardan ortiq bemor bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan edi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj, olis hududlarda yashovchi hamda murakkab jarrohlik amaliyotlariga ehtiyoji bo‘lgan qariyb 100 nafar bola operatsiyalar uchun saralab olindi.

➡️Bugun ushbu murakkab operatsiyalarining birinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Turkiyalik va mahalliy mutaxassislar hamkorligida bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

➡️Rejaga ko‘ra, operatsiyalar joriy yilning 8-iyuliga qadar davom etadi va shu davr mobaynida qariyb 100 nafardan ortiq bemor bolaga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

🥞Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasi.

                                                    Video