Yangiliklar
calendar 30.06.2026 | 11:57
view 22
Qoraqalpog‘istonda turkiyalik shifokorlar ishtirokidagi murakkab operatsiyalarning ikkinchi kuni boshlandi

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan murakkab jarrohlik amaliyotlari davom etmoqda.

➡️Bugun turkiyalik va mahalliy malakali mutaxassislar hamkorligida bemor bolalarda yuqori texnologik murakkab operatsiyalar o‘tkazilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi — ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda murakkab jarrohlik amaliyotlariga ehtiyoji bo‘lgan bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

➡️Eslatib o‘tamiz, operatsiyalar joriy yilning 8-iyuliga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

🥞Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasi.