➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida murakkab jarrohlik amaliyotlari izchil davom etmoqda.
➡️Operatsiyalarning ikkinchi kuni yakunlariga ko‘ra, turkiyalik va mahalliy malakali shifokorlar hamkorligida 20 ga yaqin bemor bola muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Har bir jarrohlik amaliyoti zamonaviy tibbiy standartlar asosida amalga oshirilmoqda.
➡️Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan 300 nafardan ortiq bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning orasidan murakkab operatsiyaga ehtiyoji bo‘lgan qariyb 100 nafar bemor saralab olingan edi.
➡️Rejaga muvofiq, jarrohlik amaliyotlari 8-iyulga qadar davom etadi. Shu vaqt davomida murakkab operatsiyaga muhtoj yana o‘nlab bolalarga yuqori malakali va bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasi.