Yangiliklar
QUVAYTLIK SHIFOKORLAR OROLBO‘YIDA: 300 NAFARGA YAQIN BEMORGA BEPUL TIBBIY YORDAM KO‘RSATILDI
Quvayt Davlatining “Shayx Abdulloh an-Nuri” xayriya tashkiloti hamda “Al-Amal” (HOPE) xalqaro xayriya tashkilotlari tomonidan Nukus shahrida tibbiy-gumanitar missiya tashkil etildi.
Mazkur missiya O‘zbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi elchixonasi, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi va hamkorligida amalga oshirildi.
Missiya doirasida 40 nafarga yaqin malakali xorijiy shifokorlar ishtirokida Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlariga ehtiyoji bo‘lgan 300 nafarga yaqin bolalar, ayollar va katta yoshdagi fuqarolarga bepul tibbiy va jarrohlik yordami ko‘rsatildi.