Yangiliklar
calendar 05.02.2025 | 13:13
view 87
QUVAYTNING “AS-SAFA” XAYRIYA JAMGʻARMASI BILAN HAMKORLIK OʻRNATILADI

Bolalarni qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi ijrochi direktori Marat Sadikov Quvaytning "As-Safa" xayriya jamg'armasi raisi Muhammad Abdurahmon Allshaya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekistonning Quvaytdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar gumanitar va ijtimoiy sohalardagi o'zaro munosabatlarni muhokama qildilar.

Marat Sadikov jamg'armaning bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy va ta'lim yoʻnalishida hamkorlik oʻrnatilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

O'z navbatida, "As-Safa markazi" jamoat birlashmasining asoschisi Muhammad Abdurahmon Alshaya jamg'arma tashabbuslarini amalga oshirishda ko'rsatgan qo'llab-quvvatlashi uchun Oʻzbekiston prezidentiga va elchixona rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda hissa qoʻshishini alohida ta'kidladi.

Uning ta'kidlashicha, "As-Safa markazi" odamlarning, ayniqsa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami sharoitlarini yaxshilashga harakat qilishda davom etadi.

Muhammad Abdurahmon Alshaya, shuningdek, fondning jamiyatni barqaror rivojlantirishga qaratilgan xayriya va ta'lim dasturlarini kengaytirishga tayyorligini ta'kidlab, davlat bilan yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.