Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 16:44
view 996
Quvaytning O'zbekistondagi Muvaqqat va Muxtor vakili v.b Xolid al-Mutayrad bilan hamkorlik uchrashuvi

Bugun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi rahbariyati bilan Quvayt davlatining O‘zbekistondagi Muvaqqat va Muxtor ishlari bo'yicha vakili vazifasini bajaruvchi Xolid al-Mutayrad o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda tomonlar Bolalar fondi bilan Quvaytdagi hamkor tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yordamga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash va insonparvarlik tamoyillari asosida yanada samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o'zaro fikr almashdilar.

➡️Muloqot yakunida Fond bilan Quvayt fondlari o'rtasida hamkorlik aloqalarini tezroq yo'lga qo'yish bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar almashishga kelishib olindi.