Yangiliklar
Ramazon tuhfalari Oqqo'rg'onlik oilalarga yetib bordi
🤝 Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan tayyorlangan Ramazon tuhfalari bugun ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan hamda bemor farzandlari bor oilalarga yetkazib berildi.
🏠 Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumanida yashovchi oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj buyumlari hamda bolajonlar uchun foydali adabiyotlar to‘plami topshirildi.
🌙 Mazkur xayriya tadbirlari respublikaning barcha hududlarida davom etmoqda.