Yangiliklar
calendar 23.12.2024 | 11:06
view 549
ROSSIYALIK ShIFOKORLAR BIR KUNDA 30 NAFAR BEMORNI TIBBIY-KO‘RIKDAN O‘TKAZDI

Avval xabar qilganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi ko‘magi bilan Rossiyaning shoshilinch bolalar xirurgiyasi va travmatologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tajribali mutaxassislari Oleg Chelpachenko boshchiligidagi shifokorlar Respublika bolalar ortopediyasi markazida bemor bolajonlarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Ma'lumki, qo‘l va oyoqlarda  deformasiyalarni keltirib chiqaruvchi bir qancha kasalliklar mavjud. Deformasiyalarning kelib chiqishi tug‘ma va orttirilgan kasalliklar oqibatida suyak zichligining pasayib ketishi natijasi xisoblanadi. Ularga genetik va suyak to‘qimasidagi metabolizmni buzilishi bilan kechadigan neyrofibromatoz, mukopolisaxaridoz, gipofosfatemik raxit, rezistent raxit kabi kasalliklar kiradi.

Rossiyalik shifokorlar har bir bemor bolani sinchkovlik bilan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazdilar. Keyingi bosqichda ular bolalarni operatsiya qilish va bunga tayyorlash jarayonlari haqida mahalliy shifokorlar bilan maslahatlashdilar.