Yangiliklar
calendar 08.09.2024 | 16:21
view 214
SAMARQANDDA “EZGULIK MANZILI” XAYRIYA AKSIYASI O‘TKAZILADI

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan joriy yilning 22-27 aprel' kunlari Samarqand viloyatida ehtiyojmand, kam ta'minlangan, og‘ir sharoitga tushgan oilalardagi bemor bolalarga konsul'tativ va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida navbatdagi “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.

22 aprel' kuni Samarqand shahridagi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ham ushbu aksiya davom ettirilib, murakkab amaliyotlar shu yerning o‘zida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, barcha mablag‘lar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.