Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 17:20
view 1003
SAMARQANDDA TURK SHIFOKORLARI ISHTIROKIDA MAHORAT DARSLARI VA MURAKKAB OPERATSIYA AMALIYOTLARI “SOG’lOM HAYOT UCHUN “ NOMLI TELIDASTUR UCHUN KENG YORITILDI.

Turkiyalik shifokorlar bolalardagi murakkab operatsiyalarni bajarish uchun Samarqand shahriga tashrif buyurdi

“Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiya Respublikasidan yuqori malakali shifokorlar guruhi Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Ularning maqsadi – bolalar orasida uchraydigan murakkab va kam uchraydigan kasalliklar bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish hamda mahalliy shifokorlar bilan tajriba almashishdan iborat.

Ushbu tashrif doirasida bir nechta murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu tashabbus nafaqat bemor bolalar va ularning oilalari uchun katta yordam bo‘ldi, balki O‘zbekiston tibbiyot tizimi uchun xalqaro tajribani o‘rganish borasida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Mazkur tashabbus haqida batafsil ”Sog’lom hayot uchun”teledastur orqali yoritildi. Ko‘rsatuv davomida operatsiya jarayonlari, shifokorlarning fikrlari, bemorlar holati va ularning ota-onalari tomonidan bildirgan minnatdorchiliklar haqida keng ma’lumot berildi.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi bundan buyon ham xalqaro hamkorlik asosida bolalar salomatligi yo‘lida izchil faoliyat olib borishni davom ettiradi. Bunday tashabbuslar yurtimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.