➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida o‘tkazilgan “Sog’lom kelajak” xayriya tibbiy aksiyasi o‘z nihoyasiga yetdi. Aksiya davomida yuzlab bolalar Turkiyaning nufuzli klinikalaridan kelgan shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
➡️Operatsiyadan so‘ng bemor bolalardan birining buvisi ko‘ngildan chiqqan samimiy so‘zlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi hamda fidoyi shifokorlarga chuqur minnatdorlik bildirdi.
➡️U nabirasiga ko‘rsatilgan mehr va e’tibor, bepul tibbiy yordam oilasi uchun katta umid va quvonch bo‘lganini ta’kidlab, bunday insonparvar loyihalar yurtimizning barcha hududlarida izchil davom etishini tilab qoldi.
➡️Aksiyaning eng katta natijasi — sog‘lom bolalar tabassumi, ota-onalar va kelajagimiz umidi bo’lgan jajji bolajonlar qalbidagi cheksiz quvonch hamda ertangi kunga bo‘lgan ishonchdir.
🥞Ezgulik davom etadi. Inson salomatligi yo‘lidagi bunday xayrli tashabbuslar yana ko‘plab oilalarga umid va quvonch ulashishiga ishonamiz.