Yangiliklar
calendar 10.06.2026 | 17:42
view 958
Samirning sog‘lom kelajagi

4-yil oldin Samirning oilasi uchun hayot butunlay o‘zgardi. Ularning suyukli farzandi og‘ir xastalik bilan kurashishga majbur bo‘ldi. Ota-onasi ko‘plab shifoxonalarni kezib chiqdi, umidini so‘ndirmadi, har qadamda farzandini sog‘lom qilish uchun kurashdi.

➡️Oradan ikki yil o‘tgach, ular oxirgi umid sifatida Bolalarni Qo’llab-quvvatlash Jamoat fondiga murojaat qildilar. Fond bu oilaning faryodini eshitdi va yordam qo‘lini cho‘zdi. Samir ilk bor Turkiyaning eng nufuzli klinikalaridan biriga yuborildi.

➡️Uch oy… Bu uch oy Samir uchun ham, uning onasi uchun ham juda og‘ir sinov bo‘ldi. Kichkina qalbi bilan kasallikka qarshi kurashayotgan Samirning yonida onasi ko‘z yoshlarini yutib, tinmay duo qildi. Lekin sinovlarning oxirida yorug‘lik bor edi – shifokorlarning mehnati va fondning yordamida Samir sog‘ayib, Vataniga sog‘-salomat qaytdi.

➡️Bugun esa Samir 7 yoshda. U boshqa bolalar qatori maktabda o‘qiyapti, yugurib o‘ynayapti, orzular qilayapti. Bu oddiy hayot biz uchun oddiy tuyulishi mumkin, ammo Samirning oilasi uchun bu – eng katta mo’jiza.

➡️Samirning onasi Bolalar fondi jamoasiga cheksiz minnatdorchilik bildirib, ularni doimo duo qilishini aytdi. Chunki farzandining sog‘lomligi – eng katta baxt, bu baxtga u fondning yordamida yetdi.