Yangiliklar
“Sog‘lom kelajak” aksiyasi doirasida bolalarga bepul murakkab operatsiyalar o‘tkazilmoqda.
➡️Joriy yilning may oyida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 100 nafardan ortiq bolajon murakkab jarrohlik amaliyoti uchun saralab olingan edi.
➡️Bugun esa ularning bir qismi muvaffaqiyatli operatsiyadan chiqdi, yana bir qismi esa shifo sari dadil qadam tashlab, operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
➡️Biz esa jajji qahramonlarimizning yuziga tabassum ulashish uchun ularga rang-barang sharlar sovg‘a qildik. Eng katta mukofot esa – ularning quvonchga to‘la ko‘zlari va samimiy kulgusi bo‘ldi. 💙🎈
➡️Har bir bolaning sog‘lom va baxtli kelajagi – barchamizning eng ezgu maqsadimiz.
➡️Hech bir bola dard ko‘rmasin, har bir xonadonda bolalar kulgisi va baxti yangrasin! ❤️