Yangiliklar
calendar 02.07.2026 | 16:47
view 47
“Sog‘lom kelajak” aksiyasi doirasida bolalarga bepul operatsiyalar o‘tkazilmoqda

➡️Joriy yilning may oyida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Sog‘lom kelajak” aksiyasiga start berilgan edi.

➡️Unda Turkiyaning tajribali shifokorlari Nukus shahridagi Bolalar milliy tibbiyot markazi Orolbo‘yi klinikasida 300 nafardan ortiq bolani chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlarni saralab oldi.

➡️Endi, 29-iyun – 8-iyul kunlari ushbu klinikada tajribali mutaxassislar ishtirokida Qoraqalpog‘istondan 100 nafarga yaqin bemor bolada bepul murakkab jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmoqda.