Yangiliklar
“Sog‘lom kelajak” aksiyasi Qoraqalpog‘istonda davom etmoqda!
Ayni daqiqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan “Sog‘lom kelajak” aksiyasi doirasida Turkiyaning nufuzli tibbiyot klinikalaridan jalb etilgan malakali mutaxassislar ishtirokida bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar davom etmoqda.
Mazkur xayriya aksiyasi orqali bolajonlarning salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda zarur tibbiy tavsiyalar berish maqsad qilingan.
Farzandlarimiz sog‘lom bo‘lsa, kelajagimiz yanada porloq bo‘ladi! 💫