Yangiliklar
“Sog‘lom umurtqa” xayriya aksiyasiga start berildi
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Respublika bolalar ortopediya markazida Turkiyaning malakali mutaxassislari ishtirokida “Sog‘lom umurtqa” xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Ayni paytda turkiyalik shifokorlar tug‘ma va orttirilgan kasalliklar hamda tayanch-harakat apparati shikastlanishi oqibatlaridan aziyat chekayotgan bolajonlarga maslahat, diagnostika va davolash yordamini ko‘rsatmoqdalar.
Bir hafta davomida Turkiya mutaxassislari tomonidan 11 ta murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida Fond tomonidan bemor bolajonlar uchun ko‘ngilochar dastur tashkil etilib, ularga shirinliklar, turli sovg‘alar va kitoblar tarqatildi.