➡️Aziz ota-onalar! Agar farzandingiz uzoq vaqtdan buyon davolanishga muhtoj bo‘lsa, murakkab tashxis qo‘yilgan bo‘lsa yoki malakali mutaxassis ko‘rigiga ehtiyoj sezsa — ushbu imkoniyatdan foydalaning.
📅 21–26-sentabr kunlari
📍 Surxondaryo viloyatining Termiz shahri viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
➡️Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining navbatdagi “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.
➡️Aksiya doirasida Toshkent shahrining yetakchi va yuqori malakali shifokorlari Surxondaryoga tashrif buyuradi. Bolalar travmatologiya, plastik xirurgiya, kardioxirurgiya, oftalmologiya, nevrologiya, urologiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkaziladi.
➡️ Eng muhimi, faqat tibbiy ko‘rik bilan cheklanilmaydi. Zarurat mavjud bo‘lgan holatlarda murakkab jarrohlik amaliyotlari ham Termizning o‘zida amalga oshiriladi.
➡️Poytaxtdan kelgan mutaxassislar mahalliy shifokorlar bilan birgalikda operatsiyalar o‘tkazadi, murakkab klinik holatlarni muhokama qiladi hamda tajriba va bilim almashadi. Bu esa nafaqat bugungi bemor bolalarga yordam, balki hudud tibbiyoti rivojiga ham muhim hissa bo‘ladi.
➡️Aksiya, avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va og‘ir sharoitdagi oilalarda voyaga yetayotgan bemor bolajonlarga malakali tibbiy yordamni yaqinlashtirishga qaratilgan.
➡️ Farzandingizga malakali shifokor ko‘rigi zarur bo‘lsa — imkoniyatni boy bermang.
Ma’lumotni yaqinlaringiz, qo‘shnilaringiz va yordamga muhtoj oilalarga ham yetkazing. Balki siz ulashgan shu xabar bir bolaning sog‘lom hayotga qaytishiga sabab bo‘lar.
➡️Aksiya doirasidagi tibbiy yordam Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining xayriya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
➡️21–26-sentabr | Termiz
“Ezgulik manzili” — mehr, malaka va umid bir manzilda.