➡️Bugun, 21-sentabr kuni Termiz shahrida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining “Ezgulik manzili” xayriya aksiyasi boshlandi.
➡️Erta tongdan Surxondaryoning olis va chekka hududlaridan ota-onalar farzandlarini yetaklab, viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga kela boshladi. Ularning har birini bir umid birlashtiradi — farzandining sog‘lom hayotga qaytishi.
➡️Aksiyaning birinchi kuni keng qamrovli tibbiy ko‘riklarga bag‘ishlandi. Poytaxtdan tashrif buyurgan yuqori malakali mutaxassislar bolalarni travmatologiya, plastik xirurgiya, kardioxirurgiya, oftalmologiya, nevrologiya, urologiya va boshqa yo‘nalishlarda ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
➡️Ko‘riklar davomida jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalar saralab olinadi. Keyingi kunlarda zarur murakkab operatsiyalar Termizning o‘zida amalga oshiriladi.
➡️Bu yerda har bir ota-onaning nigohida umid, har bir bolaning taqdirida esa sog‘lom kelajak uchun yangi imkoniyat bor.
➡️Ezgulik manzili boshlandi. Ezgulik esa davom etadi! ❤️