Yangiliklar
calendar 24.06.2026 | 22:07
view 405
Surxondaryoda turk shifokorlari ishtirokida 177 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

➡️Surxondaryo viloyatida turkiyalik malakali shifokorlar ishtirokida bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Birinchi kunning o‘zida umumiy xirurgiya, neyroxirurgiya hamda murakkab plastik xirurgiya yo‘nalishlari bo‘yicha 177 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

➡️Mutaxassislar har bir bemorni batafsil ko‘rib chiqib, zarur tavsiyalar berdi hamda keyingi davolanish uchun saralab oldi.

➡️Mazkur jarayon “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” lavhasi orqali efirga uzatildi. Tibbiy ko‘riklar ertaga ham davom etadi.