➡️Surxondaryo viloyatida bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim xayriya tashabbusi amalga oshirilmoqda. 4–5 mart kunlari Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan Turkiyaning nufuzli klinikalarida faoliyat yuritayotgan malakali shifokorlar ishtirokida bolalar uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
➡️Tibbiy aksiyada neyroxirurglar, umumiy va plastik jarrohlar qatnashib, turli tug‘ma hamda orttirilgan kasalliklarga chalingan bolalarni tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Zarur hollarda bemorlarga keyingi davolash bo‘yicha tavsiyalar berilib, murakkab operatsiyalarga muhtoj bolalar uchun bepul yoki imtiyozli jarrohlik amaliyotlari imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.
➡️Mazkur tashabbus ko‘plab oilalar uchun katta yordam bo‘lishi bilan birga, bolalar salomatligini asrash va xalqaro tibbiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.