Yangiliklar
calendar 24.06.2026 | 09:14
view 428
Surxondaryoda turk shifokorlari ishtirokida bepul tibbiy ko‘rik boshlandi

4–5 mart kunlari Surxondaryo viloyatida bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim tibbiy tashabbus amalga oshirilmoqda. Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiyaning nufuzli klinikalarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali shifokorlar viloyatga tashrif buyurib, bolalar uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda.

➡️Ushbu xayriya tibbiy aksiyasida tajribali neyroxirurglar, umumiy jarrohlik mutaxassislari hamda plastik jarrohlar ishtirok etib, turli tug‘ma yoki orttirilgan kasalliklarga chalingan bolalarni tekshiruvdan o‘tkazmoqda. Ko‘rik jarayonida bolalarning sog‘lig‘i batafsil o‘rganilib, zarur hollarda keyingi davolash bosqichlari bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

➡️Mutaxassislar tomonidan ayniqsa murakkab jarrohlik amaliyotlariga muhtoj bo‘lgan bemor bolalar aniqlanib, ularga bepul yoki imtiyozli tarzda operatsiya o‘tkazish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Bu esa ko‘plab oilalar uchun katta yordam bo‘lib xizmat qiladi.

➡️Tashabbusning asosiy maqsadi – bolalar salomatligini asrash, ularning hayot sifatini yaxshilash hamda xalqaro tibbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat. 

➡️Surxondaryoda o‘tkazilayotgan ushbu tibbiy ko‘rik nafaqat bemor bolalar, balki ularning ota-onalari uchun ham katta umid va imkoniyatlar eshigini ochmoqda.