➡️Surxondaryoda davom etayotgan “Ezgulik manzili” xayriya tibbiy aksiyasi respublika va hududiy ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmoqda.
➡️Aksiya jarayonlarida jurnalistlar ota-onalar va shifokorlar bilan suhbatlashib, ularning fikr va taassurotlarini tingladilar. Farzandlari malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tayotgan, zarur muolaja va jarrohlik amaliyotlarini olayotgan ota-onalar yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan chuqur minnatdor ekanliklarini bildirdilar.
➡️Ular, avvalo, Prezidentimizga xalq salomatligi, ayniqsa bolalar kelajagiga qaratilayotgan doimiy e’tibor uchun samimiy minnatdorlik izhor etib, bunday ezgu loyihalar va tibbiy aksiyalar yanada ko‘proq tashkil etilishini istashlarini ta’kidladilar.
➡️Shifokorlar esa aksiya nafaqat tibbiy yordam, balki uzoq hududlardagi oilalarga umid, mehr va ishonch olib kelayotganini qayd etdilar.
➡️Eng muhimi — xalq rozi.
Bolaning sog‘ayishi, ota-onaning yuzidagi tabassum esa bu ezgu tashabbusning eng katta natijasidir.