Yangiliklar
calendar 22.12.2024 | 09:39
view 411
TIK QOMATDA YURISH BAXTI NASIB QILDI

Bemor Muxlisaxon 17 yoshda. Unga “Umurtqa  pog‘onasi  ko‘krak-bel sohasi IV-darajali skolioz kasalligi,  o‘ng tomonlama qovurg‘a bukriligi” tashxisi qo‘yilgan edi.

Bolaning mazkur holati murakkab jarayon hisoblanib, buni davolash uchun oilaning iqtisodiy sharoiti yetmas edi. Barcha tekshiruvlar va konsiliumlardan so‘ng, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Muxlisaxon Islamxanovani shoshilinch tarzda Turkiyaning “Medistate Hospital” klinikasida operatsiya qilish uchun yubordi.

Videoda ko‘rganingizdek, bolaning salomatligida katta o‘zgarishlar bor. Endi u ham tengdoshlari qatori qomatini tik tutib, chiroyli yurish baxtiga erishdi.

Ta'kidlash lozimki, barcha mablag‘lar Jamoat fondi tomonidan to‘liq qoplab berildi.

Muxlisaxon O‘zbekistonga qaytib keldi. Ayni paytda operatsiyadan keyingi davo muolajalarini olmoqda.