Yangiliklar
22.12.2024
|
12:41
251
TURK ShIFOKORLARI IShTIROKIDA TIBBIY-KO‘RIK BOShLANDI
Avval xabar berganimizdek, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan Turkiyaning nufuzli klinikalaridan mutaxassislar keng jalb etilib, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida tibbiy-ko‘rik tashkil etildi.
Bugun ushbu bepul aksiyaga start berildi. Aksiya doirasida tibbiy-ko‘rik, mahorat darsi va boshqa mahalliy shifokorlar bilan malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.
Ayni paytda Turkiyalik shifokorlar ko‘z kasalliklari, ortopediya, urologiya va xirurgiya yo‘nalishida bolajonlarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazadilar.