Yangiliklar
calendar 27.07.2026 | 09:00
view 1329
TURK SHIFOKORLARI SAMARQANDDA

Xabaringiz bor, kecha Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiyaning nufuzli klinikalaridan yuqori malakali kardioxirurg, umumiy xirurgiya va plastik jarrohlik mutaxassislari Samarqand viloyatiga kelgan edi.

Ular tomonidan "Sog'lom kelajak" aksiyasi doirasida Samarqand viloyati bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan tibbiy-ko'rik davom etmoqda.

1-kun yakunlariga ko'ra: 182 nafar bemor chuqurlashtirilgan tibbiy-ko'rikdan o'tkazildi.

Aksiya davom etmoqda