Yangiliklar
calendar 08.10.2026 | 12:57
view 48
TURKIYaLIK MUTAXASSISLAR IShTIROKIDA VILOYaTIMIZDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TAShKIL ETILDI

Har bir bola – davlatimizning yuksak e'tibor va himoyasida 👶💙. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oila farzandlarini to‘liq himoyaga olish, ular salomatligini tiklash, nazorat qilish va davolash Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining asosiy vazifalardan biriga kiradi. Xususan, kechiktirib bo‘lmaydigan og‘ir turdagi kasalliklarni yurtimiz va xorij klinikalarida o‘z vaqtida davolash, malakali tibbiy-ko‘riklarni tashkil etish, bemor bolajonlarga yordam berish maqsadida Turkiyaning tajribali shifokorlar guruhi yurtimizga taklif etilib, chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘riklar va amaliyotlar shu yerning o‘zida tashkil etilmoqda. Fond tomonidan "Sog‘lom kelajak" aksiyasi doirasida Turkiyaning nufuzli tibbiyot klinikalaridan jalb etilgan malakali mutaxassislar viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, ehtiyojmand oila farzandlarini chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazdilar 🏥.

Ta'kidlash kerak, turkiyalik shifokorlarning O‘zbekistonga 13 marotaba kelishi. Bundan avval ular Farg‘ona, Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Xorazm, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, birinchi bosqichda bemor bolajonlarni chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazgan edilar. O‘tgan davr mobaynida ular tomonidan qariyb 800 dan ortiq murakkab amaliyotlar bajarildi 📈.

E'tiborli jihati, ushbu xayriya aksiyasi Jamoat fondi tomonidan to‘liq moliyalashtirilib, aholi uchun bepul tarzda amalga oshirilmoqda 💰🤝. Endilikda bemor bolajonlarni xorijga chiqib, davolanishlariga ehtiyoj qolmayapti.

Jamg‘armaning matbuot xizmati rahbari Bunyodbek Amrov bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Namanganda ham murojaat qiluvchilar soni ancha ko‘p bo‘ldi. Diagnostika tekshiruvlari natijasida dastlabki kuni 203 nafar, shundan 105 ta umumiy xirurgiya va 98 ta murakkab plastik xirurgiya yo‘nalishida bolalar tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazilib, ularni reabilitasiya qilish va keyingi bosqichda operatsiyaga tayyorlash uchun saralab olindi. Endilikda turli darajadagi murakkab amaliyotlar oktyabr' oyi oxirida turk va mahalliy shifokorlar ishtirokida o‘tkaziladi. Bu esa o‘z navbatida mahalliy shifokorlar uchun “mahorat darsi” ham hisoblanadi 📚👨‍⚕️.

Albatta, bunday tajriba fuqarolarimiz uchun, qolaversa bu mablag‘larning Jamoat fondi tomonidan qoplab berilishi tom ma'noda “Inson qadri uchun” shiorining nechog‘lik yuksak qadriyat ekanligini amalda ko‘rsatib turibdi. Bu bilan bog‘liq barcha xarajatlarning Bolalarni qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi tomonidan qoplab berilishi og‘ir va dardmand oila farzandlariga berilayotgan ijtimoiy yordamning amaliy ifodasidir ❤️.

Xorijlik mutaxassislarni ko‘proq O‘zbekistonga jalb etish, nafaqat tajriba almashish, balki murakkab amaliyotlarni bamaslahat, mahorat darsi sifatida o‘tkazilishi o‘zaro fikr almashish maydonini ham yuzaga keltiradi 🌍.

Tibbiy-ko‘rik uchun turk shifokorlari huzuriga kelgan bemor bolalar va ularning ota-onalarining quvonchini ko‘zlaridan anglash qiyin emas 😊. Bu kabi tajriba almashuv aloqalari respublikamizning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.

Ilhomjon MUSAEV.
Suratlarni Mashrabjon QOSIMOV oldi.