Yangiliklar
calendar 21.08.2026 | 11:08
view 48
TURKIYALIK SHIFOKORLAR ANDIJONDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZADI

🩺9–10-sentabr kunlari Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Turkiyaning malakali mutaxassislari ishtirokida bolalar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi.

➡️Mazkur tashrif Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan turkiyalik shifokorlarning O‘zbekistonga o’n birinchi bor olib kelinishi hisoblanadi.

➡️Tibbiy ko‘rik davomida mutaxassislar bolalarni batafsil ko‘rikdan o‘tkazib, davolanish yoki jarrohlik amaliyotiga ehtiyoji mavjud bo‘lgan murakkab holatlarni saralab oladilar.

➡️Saralab olingan bolalar uchun turkiyalik mutaxassislarning keyingi tashrifi davomida zarur jarrohlik amaliyotlari va davolash ishlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

➡️Eng muhimi, tibbiy ko‘rik, zarur davolash va jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qoplab beriladi.

➡️Bolalar va ularning oilalari uchun barcha tibbiy xizmatlar mutlaqo BEPUL!

📍Manzil: Andijon viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
📅 Sana: 9–10-sentabr, 2026-yil